

"Bu yangilikni eshitganimda ishonmadim, hayratda edim. Nimalar bo'layotganini tushunmadim. Hamma meni tabrikladi, baxtliman, bu men uchun katta sharaf. Mamlakatimiz uchun bor kuchimni beraman" - deydi Axmetov.
Rossiya terma jamoasi 15 noyabr kuni Germaniyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 20 noyabrda esa ular Shvetsiya bilan Millatlar ligasi turnirida to'qnash keladi.
Oldinroq, Qirg'iziston futbol federatsiyasi Axmetovning qaroridan xafsalasi pir bo'lganini aytgan edi.



