Axbor Imomxo'jaevni tabriklaymiz

Narzulla Saydullayev
19 fev 2019, 07:00
Bugun o'zbek futbol jurnalistikasi faxriysi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi, Respublika toifasidagi hakam, "Oltin qalam” Milliy mukofoti sohibi, Xalq talimi a'lochisi, taniqli sharhlovchi Axbor Imomxo'jaev 83 yoshni qarshiladi.

Axbor Imomxo'jaevning o'zbek futboli rivojiga qo'shgan hissasini so'z bilan tariflash mushkul.

Bu inson o'zbek futboli tarixi haqida bir qator kitoblar muallifi ham hisoblanadi. Jumladan, Axbor Imomxo'jaev qalamiga mansub bo'lgan “Futbol quvonchim, dardim, faxrim”, “Maftuningman futbol”, “O'zbegimning Mirjaloli” kabi kitoblarni keng jamoatchilik katta qiziqish bilan o'qib kelmoqda.

Axbor Imomxo'jaevni qutlug' 83 yoshi bilan muborakbod etamiz. Futbol faxriysiga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilab, uzoq yillar davomida muxlislar e'tiborida bo'lib yurishini tilaymiz!


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia