

Avstraliya futbol Federatsiyasi oldinroq o'zi taklif etgan o'yinni bekor qilishni so'rab O'FAga murojaat qilgan. Sabab sifatida Dubayga 16 nafar futbolchi olib kelingani, ulardan 3 nafari darvozabon ekani hamda 3 futbolchi jarohat olgani bois o'yinchilar yetishmovchiligini ko'rsatgan.
Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Arnold uzr so'rab Vadim Abramovga murojaat ham yo'llagan. Ushbu xatni ko'rdik va audioni eshitdik.
Biroq, O'zbekiston terma jamoasining rejalariga ta’sir qilgani uchun O'FA xalqaro bo'limi Avstraliya FFga rasmiy xat yo'llamoqchi. Yani kelishilgan shartnoma bo'yicha Avstraliya FF o'yinni bekor qilgani uchun O'FAga jarima to'laydi.



