Avlodlar almashinuvi... Uchinchi Maldini "Milan"da debyut qildi

Mirjalol Normatov
2 fev 2020
"Milan" hujumchisi Daniel Maldini A Seriyaning 22-turida "Verona"ga qarshi o'yinda debyut qildi.

18 yoshli forvard uchrashuvga qo'shib berilgan daqiqalarda maydonga tushdi. Qayd etish kerak, Daniel Maldini – "Milan"ning sobiq sardori, ayni damda texnik direktori Paolo Maldinining o'g'li hisoblanadi. Bunga qadar "rossoneri"larda Chezare Maldini o'ynagan va u ham jamoa sardori bo'lgan.

Barcha Maldinilar A Seriyada umumiy 995 o'yinda qatnashishgan: Paolo – 647, Chezare – 347.

Kichik Maldinining "Milan" bilan shartnomasi 2024 yilga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport