Aviakompaniya prezidenti: "Messi tufayli Barselona aeroportini kengaytirish mumkin emas"

Aslanov Jasurbek
3 mar 2018, 14:13
Vueling Airlines aviakompaniyasi prezidenti Xaver Sanches Prietoning so'zlariga ko'ra, Lionel Messining uyi yaqin bo'lgani uchun Barselonada yangi terminal qurish mumkin emas.

"Messi shu yaqin o'rtada istiqomat qilgani uchun aeroportni kengaytirish mumkin emas. Bunaqasi dunyoning hech bir joyida bo'lmaydi" - deydi Sanches-Prieto.

Rasmiy raddiyaga ko'ra, aeroport kengaytirilishi Messi yashaydigan Gava shaharchasining ekologiyasiga salbiy ta’sir qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca