Avazbek O'lmasaliev: "Keyingi ikki o'yinda ham faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz"

Оқил Абдубарноев
4 noya 2022, 20:51
Superliga 24-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Surxon" (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar himoyachisi Avazbek O'lmasaliev fikrlariga quloq tutdik.

"Biz "Surxon" bilan o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Turnir jadvalida ikki jamoa ham yonma-yon joylashgani sabab ochko yo'qotishga xaqqimiz yo'q edi. Aytish kerakki, termizliklarga qarshi taktikamizni o'zgartirib o'ynashga qaror qildik. Menimcha, bu o'zini oqladi. Umuman olganda, juda yaxshi o'yin o'tkazdik.

To'g'risi, Farruh golni nishonlash vaqtida ortiqcha harakat qilgani yo'q. Uzoq vaqt o'ynagani yo'q. Safga qaytishi va gol urgani sabab golini shu tariqa nishonladi xolos. Nima bo'lganda ham Farruhni safga qaytishi va goli bilan tabriklayman.

Oldimizda turgan ikki o'yinda ham g'alaba uchun harakat qilamiz. Ushbu bahslarda muvaffaqiyat qozonib, turnir jadvalidagi holatimizni yaxshilashga e'tibor qaratamiz.

To'g'risi, kelgusi mavsum borasida o'ylaganim yo'q. Mavsumni yaxshi tugatib olganimizdan keyin, bu haqda o'ylab ko'ramiz", - deya so'zini yakunladi O'lmasaliev.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia