"Atletiko"ning uch muhim futbolchisi klubni tark etishi mumkin

Aslanov Jasurbek
16 may 2017, 12:22
"Atletiko" rahbariyati va murabbiylar shtabi tarkibni yangi futbolchilar bilan kuchaytirmoqchi.

Buning uchun poytaxt klubi o'z futbolchilarini transferga qo'yishi kerak. Ma'lumotlarga ko'ra, "Atletiko" Kevin Gameyro, Nikolas Gaytan va Xose Mariya Ximenes borasidagi muzokaralarga tayyor.

Oldinroq "Atletiko" ustozi Diego Simeone klub bosh direktoriga bu tarkib bilan katta natijalar qayd etib bo'lmasligini aytgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS