“Atletiko”-“Yuventus”: Sandro, Kosta va Parti javob o'yinida maydonga tushmaydi

21 fev 2019, 08:57
Kecha “Atletiko” o'z maydonida “Yuventus”ni qabul qilib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvda Madrid klubidan Diego Kosta va Tomas Parti sariq kartochka oldi. Ular endi sariq kartochkalari uchtaga etganligi sabab, Turinda kechadigan javob bellashuvini o'tkazib yuboradi. Turinliklar safida esa Aleks Sandro ham sariq kartochka sabab o'yinda qatnashmaydi.

Jamoalar o'rtasidagi javob bellashuvi 13 mart sanasida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia