Atletiko yanvar oyida Ibragimovich bilan shartnoma tuzmoqchi

Narzulla Saydullayev
26 iyun 2017, 19:53
Zlatan Ibragimovich Atletiko qiziqishiga sabab bo'ldi.

Yanvar oyida klub hozirda erkin agent maqomidagi futbolchi bilan shartnoma tuzishi mumkin. Ibragimovich o'sha paytga borib jarohatidan to'liq tuzaladi.

Oldinroq unga Milan va Los-Andjeles Gelaksi klublaridan qiziqish borligi aytilgandi.

Atletiko FIFA tomonidan jazolangan. Klub 2018 yil yanvar oyiga qadar yangi futbolchini ro'yxatdan o'tkaza olmaydi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-english.com