“Atletiko” va “Real”ga Eriksenni sotib olish taklif etildi

3 yanv 2020, 09:33
“Inter” klubi jamoa yarim himoyasisi Kristian Eriksenni “Real” va “Atletiko” klublariga sotib olishni taklif qildi, deya xabar bermoqda Marca nashri.

Futbolchining Ispaniya grandlari safiga ko'chib o'tish ehtimoli judayam kam. Pandemiya tufayli og'ir iqtisodiy vaziyat sabab klublar bu transferni amalga oshirmasliklari haqiqata yaqinroq.

Ilgariroq “Inter” sport direktori Pro Auzilo yarim himoyachi Kristian Eriksen transferga qo'yilganligi haqida xabar bergandi.

Italiya klubi futbolchini ijaraga berish yoki boshqa futbolchi bilan almashtirish variantini ham ko'rib chiqmoqda. Xabarlarga ko'ra, daniyalik futbolchining xizmatlariga PSJ, “Bavariya” va “Arsenal” qiziqmoqda.

Eriksen 2020 yilning yanvarida 27 million evro evaziga “Inter”ga ko'chib o'tgandi. Bungacha u etti yil davomida “Tottenhem” sharafini himoya qilgan. Ilgariroq Joze Mourinyo intervyularidan birida Eriksenni “Tottenhem”ga qaytarish niyatida emasligini ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca