“Atletiko” va “Liverpul” yarim himoyachilarini almashtirishi mumkin

11 may 2020, 08:31
Madrid klubi transferlar bozorida kutilmagan harakatlarni amalga oshirishi mumkin.

“Atletiko” jamoa yarim himoyachisi Tomas Parti bilan xayrlashishga qarshi emas. Faqat Madrid klubi uni “Arsenal”ga sotmoqchi emas. Avvalroq aynan londonliklar Parti uchun asosiy da'vogar sifatida ko'rsatilayotgandi.

Diego Simeone o'z shogirdlari qatorida “Liverpul” yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlenni ko'rishni xohlamoqda. Shundan kelib chiqqan holda “Liverpul” va “Atletiko” futbolchilarini almashtirishi mumkin. Agar kelishuv amalga oshadigan bo'lsa, Aleks Madridga, Parti esa Mersisaydga yo'l oladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Sun