"Atletiko" sport direktori: "Guruhdagi asosiy raqiblarimiz "Zenit" va "Portu"

Tolibjon Qosimov
30 avg 2013, 12:45
"Atletiko" sport direktori Xose Luis Kaminero Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichiga tashlangan qur'adan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Uning aytishicha guruhdagi asosiy raqiblar "Zenit" va "Portu" bo'ladi.

– Bizni guruhda yaqqol favorit yo'q, – deydi Kaminero Marca nashriga. – "Zenit" va "Portu" – kuchli va tajribali klublar. Ikkala klubda ham dunyo yulduzlari o'ynashadi. Shu bois "Atletiko" guruhdan chiqishi uchun bor kuchini ishga solishi lozim.

"G" guruhidan shuningdek musobaqa debyutanti "Austria" klubi ham o'rin olgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru