"Atletiko" so'nggi 4 o'yinida faqatgina bir marta yutdi

Mirjalol Normatov
5 apr 2021, 11:50
LaLiganing 29-turida "Atletiko" safarda "Sevilya"ga mag'lub bo'ldi, 0:1.

Uchrashuvdagi yagona gol 70-daqiqada Markos Akunya tomonidan kiritildi.

Qayd etish kerak, "Atletiko" so'nggi 4 o'yinida faqatgina bir marta g'alabaga erishdi - "Alaves" 1:0. Jamoa "Chelsi"ga (0:2) mag'lub bo'ldi va "Xetafe"ni (0:0) yuta olmadi.

"Sevilya" esa 5 o'yindan buyon yutqazmayapti - 3 g'alaba va 2 durang.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia