"Atletiko" Saul bilan shartnomani uzaytirmoqchi, ammo unga yiliga 5 mln. evro to'lashga tayyor emas

Aslanov Jasurbek
3 mar 2016, 16:41
"Atletiko" rahbariyati va murabbiylar shtabi jamoa yarim himoyachisi Saul Niges o'yindan mamnun va u bilan shartnomani uzaytirishmoqchi.

Ammo tomonlar yangi bitim shartlarini kelisha olishmayapti. Ma'lumotlarga ko'ra, Saul yiliga 5 mln. evro olmoqchi. Lekin poytaxt klubi ayni damda bunday maosh bera olmaydi.

Saulning "Atletiko" bilan shartnomasi 2020 yilgacha amalda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com