"Atletiko" Royalni xarid qilishi mumkin. Konte himoyachiga ishonch bildirmayapti

Alisher
17 iyun 2022, 18:24
"Atletiko" "Tottenxem" himoyachisi Emerson Royalga qiziqmoqda.

Madrid klubi o'yinchi bilan o'tgan yozdayoq shartnoma imzolashni xohlagan edi.

Oldinroq xabar berilganidek, "shporlar" bosh murabbiyi Antonio Konte futbolchiga kelasi mavsumda ishonch bildirmayapti.

Royal "Tottenxem"ga 2021 yilning yozida "Barselona"dan o'tgan edi.

23 yoshli braziliyalik o'tgan mavsum APL doirasidagi 31ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports