"Atletiko" "Renn" xavbeki bilan shartnoma imzolaydi

Alisher
26 avg 2022, 12:47
"Atletiko" "Renn" yarim himoyachisi Lovro Mayer bilan shartnoma imzolashga yaqin.

24 yoshli xorvat bugun tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Madridga tashrif buyuradi.

Yarim himoyachi "Renn"ga o'tgan yozda o'tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan.

Mayer o'tgan mavsum "Renn" tarkibida 49ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 13ta assist qayd etdi. Transfermarkt o'yinchini 20 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sportske Novosti