

Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi kam o'yin amliyotiga ega bo'layotganidan norozi. Vaziyatni yozda taklif bilan chiqishga tayyor bo'lgan "matraschilar" rahbariyati diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Ispaniyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Joriy mavsumda u "Real" safida barcha turnirlar doirasida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta to'p kiritdi va 6 ta golga pas uzatdi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Sebalosning narxi 9 million evroni tashkil qiladi.



