"Atletiko" "Real" futbolchisi bilan shartnoma imzolashga yaqin

Alisher
15 iyun 2019, 14:00
"Atletiko" va "Real" 24 yoshli yarim himoyachi Markos Lorente bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Uning transferi yaqin vaqtlarda e'lon qilinishi mumkin.

Futbolchining agenti va tog'asi Xulio Lorente "Atletiko" Markos uchun asosiy davogarlardan biri ekanligini takidlagan.

"Real" Markosdan 40 million evro ishlab olishni xohlaydi. Shundagina klub transfer harajatlarining bir qismi qoplanadi. "Real" shu yozda allaqachon 317 million evro sarflab bo'ldi.

Lorente 2018/19 yilgi mavsum "Real" safida barcha turnirlarda 14ta o'yin o'tkazib, 1ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Cope