"Atletiko" prezidenti Ronalduning gaplariga javob qaytardi

Aslanov Jasurbek
21 fev 2019, 18:57
"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso Chempionlar ligasi 1/8 final ilk o'yinidan so'ng Krishtianu Ronalduning so'zlariga javob qaytardi.

Bahs 2:0 hisobida "matraschilar"ning g'alabasi bilan yakunlandi. Portugaliyalik futbolchi bahsdan so'ng u 5 marta Chempionlar ligasida g'olib bo'lgani, "Atletiko" esa hech qachon bu turnirda g'olib bo'lmaganini aytdi.

"Krishtianu Chempionlar ligasida 5 marta chempion bo'lmagan. Bunaqasi uch marta sodir bo'lgan. Bizga qarshi ikkita finalda u g'alaba qozonmagan" - deydi Sereso.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu "Real" safida 4 marta, "Manchester Yunayted" bilan 1 marta Chempionlar ligasi g'olibiga aylangan. Krishtianu ikki marta finalda "Atletiko"ga qarshi o'ynab, zafar quchgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Radio CRC