

Bahs 2:0 hisobida "matraschilar"ning g'alabasi bilan yakunlandi. Portugaliyalik futbolchi bahsdan so'ng u 5 marta Chempionlar ligasida g'olib bo'lgani, "Atletiko" esa hech qachon bu turnirda g'olib bo'lmaganini aytdi.
"Krishtianu Chempionlar ligasida 5 marta chempion bo'lmagan. Bunaqasi uch marta sodir bo'lgan. Bizga qarshi ikkita finalda u g'alaba qozonmagan" - deydi Sereso.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu "Real" safida 4 marta, "Manchester Yunayted" bilan 1 marta Chempionlar ligasi g'olibiga aylangan. Krishtianu ikki marta finalda "Atletiko"ga qarshi o'ynab, zafar quchgan edi.



