"Atletiko" Morata bilan shartnomani uzaytirmoqchi va uni yana "Yuventus"ga ijaraga bermoqchi

Alisher
10 iyun 2022, 18:01
"Atletiko" hujumchi Alvaro Morata bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, ispan klubi 29 yoshli futbolchi bilan 2024 yilga qadar mo'ljallangan yangi bitim imzolamoqchi.

"Atletiko" ispan o'yinchisini shartnoma uzaytirilganidan so'ng yana u so'nggi ikki yilni o'tkazgan "Yuventus"ga ijaraga bermoqchi.

Morata o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 48ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 9ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira