

Kechagi bahsning 80 daqiqasida madridliklar hujumchisi Kevin Gameyro 11 metrlik jarima zarbasini noaniq amalga oshirdi. Shu tariqa, "Atletiko" La Liga jamoalari orasida bu mavsum barcha musobaqalarda penaltidan eng ko'p bor foydalana olmagan klubga aylandi. Simeone shogirdlari bu mavsum 8ta penaltidan 5tasini ko'kka sovurishgan.



