"Atletiko" Klopp boshchiligidagi "Liverpul"ning 32ta o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'ydi

Alisher
19 fev 2020, 10:20
"Liverpul" Chempionlar Ligasi 1/8 final doirasidagi "Atletiko"ga qarshi ilk o'yinda mag'lubiyatga uchradi.

Mersisaydliklarning barcha musobaqalardagi 14 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasi (13 g'alaba, 1 durang)ga chek qo'yildi.

Bundan tashqari "Liverpul"ning asosiy jamoasi Madridga kelguniga qadar 32ta o'yindan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgandi.

"Qizillar"ning yoshlar jamoasi 17 dekabr kuni Angliya Liga Kubogi doirasida "Aston Villa"da 0:5 hisobida mag'lubiyatga uchrashgan edi. O'shanda Klopp va uning asosiy jamoasi klublar o'rtasidagi JCHga yo'l olgan edi.

Klopp boshchiligidagi "Liverpul" so'nggi bor sentyabrda CHL guruh bosqich doirasida "Napoli" (0:2)ga imkoniyatni boy bergan edi.

Eslatib o'tamiz, Klopp boshchiligidagi YCHLning amaldagi g'oliblari kecha "Atletiko" darvozasi tomon aniq zarba ham bera olishmadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia