"Atletiko" hujumchisi "Nyukasl" taklifini rad etdi

5 yanv 2020, 23:13
Ijara asosida "Roma"da o'ynayotgan Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Nikola Kalinich APLga qaytishdan bosh tortdi.

32 yoshli xorvatiyalik hujumchi faoliyatini "Nyukasl"da davom ettirmoqchi emas. Kalinich avvalroq "Jenoa" va "Verona" klublari takliflarini rad qilib, Rimda qolishga qaror qilgandi. U joriy mavsum "Roma"da deyarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti.

Eslatib o'tamiz, Kalinich 2009-2011 yillarda APL vakili "Blekbern Rovers" klubi sharafini himoya qilgandi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia