"Atletiko" Feliksni mavsum so'nggiga qadar 21 million evroga ijaraga berishga tayyor

Alisher Ostonov
2 yanv 2023, 14:44
"Atletiko" hujumchi Joau Feliksni 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar ijaraga qo'yib yuborishga tayyor.

Madrid klubi vaqtinchalik bitim uchun 21 million evro atrofida mablag' olmoqchi. "Atletiko" ulardan 15 millionini ijara uchun to'lov sifatida, qolgan 6 million evro atrofidagi mablag'ni esa futbolchining 6 oylik maoshiga ishlatmoqchi.

Forvardga "Manchester Yunayted" va "Arsenal" qiziqish bildirmoqda, ammo klublar madridliklar talab qilayotgan mablag'ni to'lashga tayyor emaslar.

Feliks 2022/23 yilgi mavsum "Atletiko" libosida 20ta o'yinda 5ta gol va 3ta assist qayd etdi. Transfermarkt futbolchini 50 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: The Athletic