"Atletiko" yetakchisi shaxsiy sabablarga ko'ra "Osasuna" bilan uchrashuvda maydonga tushmaydi

14 dek 2019, 22:26
Bu haqida "Marca" nashri ma'lum qildi.

Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Koke Ispaniya chempionati 17-turi doirasidagi "Osasuna"ga qarshi uchrashuvda o'z jamoasiga yordam berolmaydi. Gap shundaki, "matraschilar" jamoasi sardori farzandli bo'lish arafasida. Shu tufayli "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone bugun Kokening xizmatlaridan voz kechdi. 

Eslatib o'tamiz, 29 yoshli ispaniyalik futbolchi "Atletiko" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u 2009 yildan beri asosiy jamoa sharafini himoya qilib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca