"Atletiko" argentinalik futbolchiga qiziqib qoldi

18 iyul 2020, 23:29
"Ayaks" himoyachisi Nikolas Talyafiko faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.

27 yoshli o'yinchi Madridning "Atletiko" klubi e'tiborini o'ziga qaratgan, deb xabar qildi Goal.com. "Matraschilar" allaqachon "Ayaks" bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan.

Amstyerdam klubi Talyafikoni 26 million evroga baholayapti.

Ma'lumot uchun, Niderlandiya chempionatining joriy mavsumida 24 ta uchrashuv o'tkazgan Talyafikoning hisobida 3 gol, 4 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com