“Atletiko” akademiyasining 14 yoshli tarbiyalanuvchisi vafot etdi

Eldor Akmurzayev
28 mar 2020, 20:00
Bu haqda klub rasmiy sayti ma'lum qildi.

“Matraschilar” maktabining 14 yoshli futbolchisi Kristian Mincholo olamdan ko'z yumdi. Uning o'limi sabablari esa oshkor qilinmagan.

“Futbolchimizning vafoti to'g'risidagi xabarni bilganimzdan keyin shokka tushdik va bu yo'qotishdan chuqur afsusdamiz. “Atletiko” ushbu juda ham og'ir paytda Kristian oilasi bilan birga bo'ladi“, degan madridliklar prezidenti Enrike Sereso.

Ma'lum bo'lishicha, Mincholo o'z yosh toifasidagi jamoaning sardorlaridan biri bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/atletienglish