"Atletiko" 35 kundan keyin La Ligada yana g'alaba qozondi

15 dek 2019, 03:08
Madridning "Atletiko" klubi Ispaniya chempionati 17-turi doirasida "Osasuna"ni qabul qildi.

Uchrashuv taqdirini Morata va Saul tomonidan kiritilgan gollar hal qildi. "Matraschilar" 17 uchrashuvdan keyin o'z ochkolari sonini 29 taga etkazib oldi. E'tiborli jihati shundaki, Diego Simeone shogirdlari La Liga doirasidagi so'nggi g'alabasini 10 noyabr kuni "Espanol"ga (3:1) qarshi uchrashuvda qo'lga kiritgandi.  

Atletiko – Osasuna 2:0

15 dekabr, 01.00, Vanda Metropolitano

Gollar:

1:0 – 67 Morata, 2:0 – 75 Saul.

Atletiko – Oblak, Tripper, Ximenes, Sanches (Errera, 63), Felipe, Tomas, Saul, Lemar (Korrea, 54), Koke, Joau Feliks (Ermoso, 82), Morata.

Osasuna – Errera, Estupinyan, Navas, David Garsiya, Ronkalya, Roberto Torres (Adrian, 73), Ruben Garsiya, Brashanac, Merida (Inigo Peres, 79), Chimi Avila, Oyer Sanxurxo (Ibanes, 73).

Ogohlantirishlar:

Sanches (26), Errera (53).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia