“Atletik” Ruminiya terma jamoasi himoyachisi bilan shartnoma imzoladi

Aziz Tukhtamuradov
28 may 2018, 22:41
Bilbaoning “Atletik” klubi Ruminiya terma jamoasi hamda “Viitorul” himoyachisi Kristian Ganya bilan rasman shartnomaga imzo chekdi.

Ispan klubi qishdayoq “Viitorul” bilan chap qanot himoyachisining transferi yuzasidan og'zaki kelishib olgandi. O'shanda “Atletik”ning rumin klubi g'aznasiga 1 million evro o'tkazib berishi aytilgandi. 

Asli kelib chiqishi bask bo'lgan Ganya qaysidir manoda vataniga qaytgandek bo'ldi. “Atletik” 26 yoshli futbolchi bilan 2021 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. Kristianni sotib olmoqchi bo'lgan klub endi 40 mln evro to'laydi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif