"Atalanta" hujumchisini "Manchester Yunayted"ga qo'yib yuborishni istamadi

Mirjalol Normatov
2 iyul 2023, 12:58
"Atalanta"dagilar hujumchi Rasmus Xoylunning jamoada qolishini istadi.

"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, mankunianliklar hujumchi uchun 35 mln evro taklif qilgan, biroq bu Bergamo klubiga maqul kelmagan. "Atalanta" daniyalikning ketishidan eng kamida 40 mln evro va yana bir qancha bonuslar talab qilmoqda. Unga oldinroq "Yuventus" tomonidan shunday taklif tushgan va ayni damda turinliklar da'vogarlik ham qilishmoqda.

Xoylunn ushbu mavsum A Seriyaning 32 o'yinida 9 gol qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport