“Atalanta” himoyachisi “Inter”ga o'tishga rozilik bildirdi

Eldor Akmurzayev
26 yanv 2022
“Atalanta” a'zosi Robin Gosens faoliyatini A Seriyaning boshqa klubida davom ettiradi.

“Inter” himoyachini 30 mln evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi. Tomonlar bitim bo'yicha kelishib bo'lgan.

Gosens 2017 yildan beri “neradzurrilar” sharafini himoya qiladi. Avvalroq esa u “Xerakles”, “Dordrext” hamda “Vitess” kabi klublarda o'ynagan. Nemis futbolchisining bergamoliklar kelishuvi esa 2023 yil yozigacha edi.

27 yoshli futbolchi joriy mavsum klub libosida 6 o'yinda qatnashib, 1+1 natija ko'rsatdi. U hozirda jarohatidan tiklanmoqda.    


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport