"Atalanta" Froyler bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda

Alisher
7 noya 2021, 11:33
"Atalanta" himoyachi Remo Froyler bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Klub futbolchiga 2024 yilga qadar mo'ljallangan bitim taklif qilmoqda.

29 yoshli shveytsariyalikning amaldagi shartnomasi kelasi yozga qadar mo'ljallangan. U Bergamo klubida 2016 yildan beri o'ynaydi.

Froyler joriy mavsum barcha musobaqalarda 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato