"Astana" ustozi: "Futbolchilarimiz davlat mukofotlariga munosib"

Aslanov Jasurbek
26 avg 2016, 13:03
"Astana" bosh murabbiyi Stanimir Stoylov jamoasining Yevropa ligasi guruh bosqichiga chiqqani haqida fikr bildirdi.

Ikki uchrashuv natijasiga ko'ra Qozog'iston klubi BATEni mag'lub etdi.

"Bu yil katta ish bajardik. Ikki yil ketma-ket evrokubok guruh bosqichiga chiqyapmiz. Qayerdadir omadimiz keldi. BATE yaxshiroq o'ynadi. Futbolchilarimiz davlat mukofotlariga munosib.

Guruh bosqichidagi vazifa? Hozircha maqsadimiz - yaxshi o'yin namoyish etish. Ertangi qur'ani kutish kerak" - deydi Stoylov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Прессбол