"Astana" bosh murabbiyi: "Tartibli jamoa g'alaba qozonadi"

Aziz Tukhtamuradov
26 avg 2015
Qozog'istonning "Astana" klubi bosh murabbiyi Stanimir Stoylov APOELga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar Ligasi pley-off o'yini oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Agar kerak bo'lsa 90 daqiqani himoyada o'tkazamiz. Yoki aksincha, 90 daqiqa davomida hujum qilamiz. APOELni muxlislar qay tarzda qo'llab-quvvatlashlarini bilaman. Raqib bundan albatta qo'shimcha kuch oladi. Lekin, futbolchilarim bunga tayyorlar. Tartibliroq o'ynagan jamoa g'alaba qozonadi. Fikrimcha, APOEL ushbu o'yinda favorit hisoblanadi", - deydi murabbiy.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: uefa.com