Asror Aliqulov: "Standart vaziyatlar bizga qimmatga tushdi"

Mirjalol Normatov
11 apr 2025, 22:47
Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Neftchi" (1:4) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- O'yinga kirishib ketishda qiyinchliklarga duch keldik. Tezkor gol va standart vaziyatlar bizga qimmatga tushdi. Hisob 2:1 bo'lib turganida, bizga nisbatan qo'pollik bormidi, hakam bunga e'tibor qaratmadi. Umuman olganda, "Neftchi" bugun yaxshiroqdek ko'rindi. Darajalar o'rtasidagi farq sezilib qoldi. Harakat qildik, kuchimiz yetmadi.

- Ikkinchi bo'limda darvozabon almashtirildi. "Neftchi"ning ikkinchi golida jamoangiz posbonini qanchalik ayblagan bo'lardingiz?

- Burchakdan gol urishadi, sizning darvozaboningiz uchun bu qiyin bo'lmasligi kerak. Birinchi golda ham darvozabonda ishonchsizlik sezildi. Biz shu bois darvozabonni almashtirdik. 

- Birinchi va ikkinchi gol jamoa ruhiyatiga ta’sir qildi. Bu haqida fikringiz?

- Buni futbolda tezkor gol deyishadi. Biz "Andijon"da ham birinchi bo'lib gol o'tkazgandik. Qo'pol xato bo'ldi, tarkibda rotaciyalarni amalga oshirayapmiz. Bizga himoyada ham yetakchi yetishmadi.

- “Andijon"dagi o'yin darajasini bugun "Mashal"da ko'rmadik. Bu jismoniy tayyorgarlik sababmi?

- Yo'q, buni jismoniy holat demagan bo'lardim. Biz harakat qildik, yigitlar borlarini berishdi. Biroq, futbolda darajaning o'rni ham alohida ahamiyat kasb etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia