Asror Aliqulov: "Bizga bu o'yinda ikkinchi kuch yetishmadi"

Iskandarov Abdulaziz
10 avg 2024, 08:05
Pro-liganing 15-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Qo'qon-1912" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- O'yinga tayyorgarlik jarayonida futbolchilarga bosimni engish haqida tushunchalar bergandik. Futbolchidagi xotirjamlik jamoa ijobiy natijasiga o'z hissasini qo'shadi. Birinchi bo'limda ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. Ikkinchi bo'limda oddiy vaziyatda gol o'tkazib yubordik. Keyin hisobni tenglashtirish uchun oldinga o'tdik. Bizda futbolchilarda yuzaga keladigan ikkinchi kuch yetishmadi.

- "Mashal"ning qo'qonliklarga qarshi natijasi yaxshi emas. Lekin jamoangiz jadvalda "Qo'qon-1912"da oldinda. Bu nimaning hisobiga?

- "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yinlarda vaziyatlar yaratayapmiz. Masalan o'tgan o'yinda bu jamoa darvozasiga 2 ta gol urdik. Biroq, 3 ta gol o'tkazib yubordik. Bu ko'p albatta. Bugun har ikki jamoada kamsonli vaziyatlar bo'ldi. Lekin golni biz emas, qo'qonliklar urishdi.

- Jamoa tarkibiga yangi kelib qo'shilgan futbolchilardan nega foydalanmadingiz?

- Yangi futbolchilarning ayrimlarida jarohat bor. Ular hozir to'la-to'kis tayyor emas. Ularga keyingi o'yinlarda imkoniyat beramiz.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia