Saytimiz orqali xabar berganimizdek, burgutlarni yaqin kunlar davomida yangi bosh murabbiy qabul qilib olishi kutilmoqda.
Tabiiyki tarkibda ham o'zgarishlar bo'lishi aniq. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, "Andijon"ning ikki nafar sobiq futbolchisi ikkinchi davradan jamoaga qaytadi. Bular Sanjar Asqaraliev bilan Asqar Jadigerovdir. Muxlislarga yaxshi ma'lumki, Asqaraliev ayni paytda birinchi liga ishtirokchisi "Xotira-79" sharafini himoya qilayotgan bo'lsa, Jadigerov hech bir klub safida ko'rinish bergani yo'q. Shu bois ular davralar oralig'ida "Andijon" yig'iniga kelib qo'shilishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, burgutlar kecha o'z qarorgohida yig'ildi va mashg'ulotlar Orif Mamatkazin boshchiligida o'tkazilmoqda.