Asqar Umarov: “Raqib jamoani jiddiy o'rganib chiqdik va ularga qanday taktika qo'llashni bilamiz”

Narzulla Saydullayev
15 apr 2016, 09:52
O'zbekiston Birinchiligining 3-turida “Zomin” jamoasi o'z uyida Andijonning “Uz-Dong-Ju” jamoasini qabul qiladi.

Uchrashuvdan oldin “Zomin” jamoasining murabbiyi Asqar Umarov o'zining  fikrlarini bildirdi.

“Jamoamiz 3-turda jiddiy raqib bilan to'qnash kelishadi. “Uz-Dong-Ju” jamoasi ikki tur natijasiga ko'ra yuz foizlik natijani qayd etmoqda. Lekin bu ananani biz o'z uyimizda bo'ladigan uchrashuvda buzamiz va yigitlarni ham shunday ruhda tayyorlamoqdaman. Raqib jamoani jiddiy o'rganib chiqdik va ularga qanday taktika qo'llashni bilamiz. Muhimi yigitlar biz aytgan vazifani bajarsa bo'ldi, g'alaba bizniki. Oldingi turda hakamlarning noto'g'ri qarorlari bilan jamoa mag'lubiyatga uchrashishdi,  lekin u uchrashuvni unitgan holda jamoani faqat g'alaba sari undamoqdaman.

“Uz-Dong-Ju” va “Norin” bilan bo'lib o'tadigan uchrashuvda muxlislarimiz bilan birgalikda g'alaba qozonamiz”, - dedi Asqar Umarov.   

Akmal Raxmatullaev suhbatlashdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia