Asensio "Real"dan ketishni rejalashtirmayapti

Alisher
22 okt 2021, 08:38
Madridning "Real" klubi hujumkor yarim himoyachisi Marko Asensio yanvarda jamoadan ketish variantini ko'rib chiqmayapti.

25 yoshli "qaymoqranglilar" xavbeki joriy mavsumdagi nomuntazam o'yin amaliyotiga qaramasdan, o'z kelajagini Karlo Anchelotti jamoasiga ulamoqda.

Futbolchi jarohatidan so'ng formasini yig'ib olishga muvaffaq bo'ldi va endi u "Real"ning muhim o'yinchisi bo'lishdek maqsadlarini isbotlashga tayyor.

"Blankos" xavbeki joriy mavsum jamoasi tarkibida 8ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ABC