As: Portu Lopetegini iste'foga chiqardi

Narzulla Saydullayev
8 yanv 2016, 07:57
Portu ustozi Xulen Lopetegi o'z lavozimini tark etdi.

49 yoshli murabbiy Portugaliya chempionatining 16-turidan o'rin olgan Riu Avega qarshi o'yindan (1:1) so'ng iste'foga chiqarildi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Lopetegi Portu bilan hech qanday sovrin yuta olmadi va YCHL chorak finaliga qadar yetib bordi.

Bu mavsumda Portu YCHL guruh bosqichidan chiqa olmadi va Portugaliya chempionatida Sportingdan 4 ochko kam jamg'arib ikkinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com