

"Avvalo, "Manchester Yunayted"ni ushbu g'alaba bilan tabriklashimiz kerak. O'yin juda g'alati ssenariyda kechdi.
Ilk 30 daqiqa davomida ustunlik qildik va gol urdik, ammo keyin o'tkazib yuborilgan gol o'yinning dinamikasi va keskinligini o'zgartirib yubordi. Shundan so'ng o'yinimiz darajasi pasaydi, raqibda esa ikki ajoyib vaziyat bo'ldi - aynan shu paytlarda ular ikki bor gol urib, bahs taqdirini hal qildi.
O'yin dinamikasi salbiy tomonga o'zgardi, ammo hisob 2:2 bo'lganda hammasi tiklangandek tuyuldi. Biroq keyin Kunya gol urdi, bu juda og'riqli bo'ldi", – dedi Arteta uchrashuvdan keyin.
London jamoasi 28 yanvar kuni YCHL umumiy bosqichi 8-turida "Qayrat"ni mehmon qiladi.



