

"Jamoaning so'nggi yillarda qo'lga kiritgan natijalarini ortiqa muhokama qilish shart emas. Klopp qo'l ostida "Liverpul" o'zining eng yaxshi onlarini o'tkazmoqda, shuningdek, yuqori darajasini ushlab turibdi. Bu juda qiyin ish aslida.
Ular o'zlarining atrofidagi kuchni o'zgartira olishdi. O'sha uyushqoqlik va kuch bilan o'z stadionida aqlbovar qilmas ishlarni amalga oshirmoqda. Yurgen o'zi ishlagan oldingi joylari kabi bu klubni ham yuqori darajaga olib chiqdi. Shu orqali u o'z tajribasini ham oshirmoqda", - dedi Arteta.



