Arteta "Arsenal" "Chelsi" rekordini yangilashni istayotganini aytdi

Mirjalol Normatov
25 okt 2025, 01:15
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasining himoyadagi o'yini haqida gapirdi.

"Aqlbovar qilmas statistika: biz 12 o'yinda 3tagina gol qo'yib yubordik, bu klub tarixidagi eng yaxshi natija. Biz "Chelsi"ning rekordini yangilashni istaymiz.

Aynan shu jihat yakunda bizga sovrinlar keltirishi mumkin. Albatta, o'zimizni qanchalik ko'rsata olsak, o'zimiz istagan yutuqlarga erishishimiz osog bo'ladi.

Himoyadagi natijalarimiz juda yaxshi, lekin buni barqarorlashtirish kerak. Chunki mavsum endi boshlandi.

Vazifamiz - raqobatbardosh bo'lishda davom etish va ishlarni yanada yaxshilash", - dedi Arteta.

Ma'lumot uchun, 2004/05 yilgi mavsumda "Chelsi" 15tagina gol o'tkazib yuborgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football London