

Ispaniyalik 3,5 yillik shartnomaga imzo chekkanidan so'ng "kanonirlar" bosh murabbiyiga aylanadi. Mikel "Arsenal" bosh murabbiyi sifatida bugun rasman tanishtirilishi mumkin.
Artetaning debyut o'yini 21 dekabr kuni "Everton"ga qarshi bo'lib o'tadi.
Vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajarayotgan Freddi Yungberg Artetaning murabbiylar shtabiga kiradi. Shvetsiyalik Unai Emerining iste'fosidan so'ng jamoani vaqtinchalik boshqarayotgan edi.
Eslatib o'tamiz, Arteta "Siti"da 2016 yildan beri Xosep Gvardiolaga yordam berib kelmoqda.




