Arslonmurod Amonov - "Lokomotiv" futbolchisi

Mirjalol Normatov
31 yanv 2019
"Lokomotiv" yangi mavsum oldidan o'z tarkibini kuchaytirishni davom ettiradi.

"Lokomotiv" yangi mavsum oldidan o'z tarkibini kuchli futbolchilar bilan kuchaytirishni davom ettiradi.

Bugun "temiryo'lchilar" ajoyib va moxir futbolchi  Arslonmurod Amonov bilan kelishuvga erishdi. Osiyo Kubogida o'zining ajoyib o'yinlari bilan muxlislar e'tiborini qozongan, Turkmaniston termasining sardori va yetakchi yarim himoyachisi, o'tgan mavsumda "Buxoro"dagi o'yinlari bilan tomoshabinlarga tanilgan futbolchi yangi mavsumda "Lokomotiv" sharafini himoya qiladi.

Arslonmurod Amonov
1990 yilning 28 mart kunida Turkmanistonda tug'ilgan.
2012 "Oqjeptes" (Qozog'iston) - 11 o'yin (866 daqiqa), 1 gol
2014 "Irtish" (Qozog'iston) - 24 o'yin (1393 daqiqa), 1 gol
2015-2016 AGMK (O'zbekiston) - 54 o'yin (2392 daqiqa), 8 gol
2017 "Oltin Asr" (Turkmaniston)
2018 "Buxoro" - 29 o'yin (2325 daqiqa), 5 gol

Turkmaniston termasi tarkibida 37 o'yinda 10 gol kiritgan


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: lokomotiv.uz