"Arsenal"ning Yevropa Ligasi doirasidagi o'yini qirolicha Elizaveta II ning vafoti tufayli qoldirildi

Sherzod Nurmatov
12 sen 2022, 18:08
Qirolicha Elizaveta II ning o'limi nafaqat Angliyada, balki evrokuboklarda ham futbol taqvimiga ta’sir qildi.

Dushanba kuni UEFA Yevropa Ligasi guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan "Arsenal" va PSV o'rtasidagi o'yin kechroq sanaga qoldirilgani haqida xabar berdi. Sabab – Londondagi dafn marosimi.

"Arsenal" va PSV o'rtasidagi uchrashuvning yangi sanasi keyinroq ma'lum qilinadi.

Yevropa Ligasining birinchi turidan so'ng "Arsenal"da uch ochko bor – jamoa Shveytsariyaning "Cyurix" klubini 2:1 hisobida mag'lub etdi. Niderlandiyaning PSV jamoasi esa o'tgan haftada "Budyo-Glimt" klubi bilan durang o'ynagani uchun bir ochkoni qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com