"Arsenal"ga o'tgan Mustafi jarohat oldi

Aslanov Jasurbek
1 sen 2016, 14:28
Bir necha mavsumdan beri "Arsenal" jarohatlar epidemiyasidan qutila olmayapti.

30 avgust kuni "Arsenal" bilan shartnoma imzolagan Shkordan Mustafi bir kun o'tib jarohat oldi. Futbolchi Finlyandiyaga qarshi bahsda Germaniya terma jamoasi safida shikastlandi.

Hozircha Mustafining jarohat darajasi ma'lum qilingani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia