"Arsenal"ga "Manchester Siti" futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
27 dek 2020, 10:34
"Arsenal" "Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiyaning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"The Sun" xabariga ko'ra, 19 yoshli futbolchining o'yinlarini Mikel Artetaning o'zi kuzatib bormoqda. Ular ushbu mavsumda birgalikda "Manchester Siti"da faoliyat olib borgani ham transferning amalga oshishishga turtki bo'lishi mumkin.

Uning klubi bilan shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi. Unga ancha vaqtdan buyon "Barselona" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

Ushbu mavsumda Garsiya 7 o'yinda ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun