“Arsenal”da mart oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Eldor Akmurzayev
1 apr 2021, 20:25
Ushbu nom “to'pchilar”ning hujumkor yarim himoyachisi Martin Edegorga nasib etdi.
22 yoshli futbolchi o'tgan oy klub safida 5 o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi. Muxlislar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada Edegor 50 foizdan ko'proq ovoz to'pladi.
Qayd etish joizki, norvegiyalik “Arsenal”da ilk bor “oy futbolchisi”ga qaylandi.